BOSPOR DEVORLARI

BOSPOR DEVORLARI — miloddan avvalgi 51-asrlarda qora dengizning shimol bo’ylarida qurilgan Tiritaka, Akkos (Uzunlar) va Asandra nomli mudofaa devorlari. Tiritaka devori — Kerchga eng yaqin devor bo’lib, Azov dengizi Janubdagi Oltin qo’rg’on (Zolotoy kurgan) va undan Tiritakagacha borgan. Devorning G’arb tomoni bo’ylab xandaq qazilgan. Balandligi 3,5 metrgacha bo’lgan xarobasi saqlangan. Xandaqning chuq. 3,5 metr. Devor eni va xandaqning kengligi 34 metr. Devor ostiga tosh terib ishlangan, devor bo’ylab ko’p sonli Burjlar qurilgan. Akkos (uzunlar) devori Janubdan shimolga tomon yo’nalishda uzunlar ko’lidan Azov dengiziga qadar davom etgan. Bu devorning uzunligi 35-36 kilometr, kengligi 28 metr. Qoldig’ining balandligi 6 metr. Poydevori tosh terib ishlangan. Xarobasi bo’ylab yarim doyra shaklidagi Burjlar qoldig’i saqlangan. Tiritaka devori va Akkos devori Bosporga yunonlar kelmasdan oldin kimmeriylar tomonidan bino qilingan. Bospor podsholigi o’z hududini mudofaa qilish uchun ulardan foydalangan. Bospor podsholigi tashkil topgach (miloddan avvalgi 480 yil), Tiritaka devori yangidan tiklangan. Feodosiya bilan urush boshlanmasdan oldin birinchi spartokidlar davrida bosporliklar Akkos devorini mustahkamlab undan foydalangan. Asandra devori Bospor hokimi Asandra hukmronligi davri (miloddan avvalgi 47-17 yillar)da bino etilgan. Devor bo’ylab dumaloq Burjlar qurilgan va xandaq qazilgan. Asandra devoir Feodosiya — arabat chizig’ida qurilgan va Perekop bo’yida bunyodga keltirilgan, degan fikrlar bor. Yunon tarixchisi Strabon keltirgan ma’lumotga ko’ra, Asandra Meotidada Xersones bo’yini 360 stadiy uzunlikdagi devor bilan to’sib olgan va har stadiy (1 stadiy — 185— 192 metrga teng) masofada o’ntadan burj bino qildirgan.