BOSTIRIB SUG’ORISH

BOSTIRIB SUG’ORISH, yoppasiga sug’orish — sug’orish usullaridan biri. Tuproq sharoiti va yerning nishabiga qarab, sug’oriladigan yer 0,1—0,25 ga kattalikdagi maydonlarga bo’linadi, atrofiga 0,2—0,4 metr balandlikda marza olinadi. Bostirib sug’orish usuli faqat tuproq sho’rini yuvish, yaxob berish, sholi va bedani sug’orishda qo’llaniladi. Bostirib sug’orish suvning ortiqcha sarflanishiga, tuproq tarkibining buzilishiga, yerning sho’rlanishi va botqoqlanishiga sabab bo’lgani uchun bu usuldan kam foydalaniladi.