BOSTIRMA

BOSTIRMA — to’rt tomoni yoki ikki yoni va oldi ochiq usti yopiq bino; ayvonning bir xili; usti engilgina yopiladi. Sharq, shu jumladan O’rta Osiyo xalq binokorligida qadimdan keng tarqalgan. Asosan, xo’jalik maqsadlarida (ro’zg’or buyumlarini saqlash, pichan, g’o’zapoyalarni bosib qo’yish uchun, yozgi oshxona, o’tinxona yoki molxona sifatida) foydalanilgan. Hozir Bostirmadan dala shiyponlari, shuningdek yakka tartibdagi qishloq turar joy me’morligida yengil inshoot sifatida foydalaniladi. Usti yopiq uzun yo’lak ham Bostirma deb nomlanadi.