BO’STONSOY

BO’STONSOY — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi soy. Bo’stonsoy Chimqortovning (1100 metr) shimol yon bag’ridan boshlanib, shimoli g’arbga tomon oqadi. Gulbuloq qishlog’ining shimolda tugaydi. Uzunligi 12 kilometr. Bahorgi yog’ingarchilik vaqtida to’lib oqadi. Yozdagi suv sarfi 40-50 l/sekund. Bo’stonsoy vodiysida Bo’ston, O’rtaqishloq, Qo’rg’oncha, Gulbuloq kabi qishloqlar joylashgan. Bo’stonsoy havzasidan yaylov sifatida foydalaniladi.