BOTANIK GEOGRAFIYA

BOTANIK GEOGRAFIYA, fitogeografiya — biogeografiyaning o’simliklarning yer yuzida tarqalishi qonunlarini o’rganadigan bo’limi. O’simliklar geografiyasi va o’simliklar jamoalari geografiyasini o’z ichiga oladi. Botanik geografiya har xil mintaqalarda o’sadigan o’simliklarning xilma-xilligi, o’simliklar qoplami va ularning geografik tarqalish qonuniyatlarini o’rganadi. Botanik geografiya materiallari asosida yer yuzidagi o’simlik qoplamlari oblastlar, kichik oblastlar, provintsiyalar va yanada mayda botanic-geografik birliklarga bo’linadi. Keyingi davrda Botanik geografiyada o’simlik zaxiralarini va o’simlik qoplami mahsuldorligini aniqlaydigan usullar keng qo’llanilmoqda.