Botanika

Botanika (yunoncha botanikos-o’simlikka tegishli, botane-o’simlik, o’t, giyoh) – o’simliklar to’g’risidagi o’quv predmeti. Botanika darsida o’quvchilar yer yuzidagi o’simliklar dunyosini, o’simliklar organizmlarining yashash va rivojlanish qonuniyatlarini hamda ularning bu jarayondagi o’zaro aloqalarini, tashqi muhitga nisbatan munosabatlarini ilmiy jihatdan o’rganadi.