BOTKENT G’ORI

BOTKENT G’ORI — Farg’ona viloyati So’x tumanidagi g’or. So’x daryosining chap sohilida joylashgan. 1400 metr balandlikda. Daryo o’zanidan Balandligi 110 metr. O’rta devon davriga mansub ohaktoshlarda hosil bo’lgan. G’or og’zi ravoq shaklida, eni 10 metr, Balandligi 13 metr. Bir xonadan iborat. Uzunligi 56 metr, eni 2-13 metr, balandligi 6-18 metr. Xona gumbaz shaklida. Sahni qalinligi 2 metrgacha bo’lgan Guano va qisman gil bilan qoplangan. G’orda ko’rshapalak galasi yashaydi. Trasi kirish joyida 25°, ichkarida 16°, namligi 58% (iyul). Umumiy uzunligi 72 metr, maydoni 4040 metr kvadrat.