BOTNIYA QO’LTIG’I

BOTNIYA QO’LTIG’I — Boltiq dengizining shimol qismi, Shvetsiya va Finlyandiya oralig’ida. Maydoni 117 ming kilometr kvadrat. Uzunligi 668 kilometr, eni 240 kilometrgacha. Eng chuqur joyi shimolda 112 metr, Janubda 290 metr. Gidrologik rejimi dengiznikiga o’xshash. Suvining sho’rligi shimolda 2-3%o, Janubda 5%o gacha. Oktanr—iyun oylarida muzlaydi. Botniya qo’ltig’iga kiraverishda Aland orollari joylashgan. Asosiy portlari: vasa, Oulu (Uleaborg), Pori (Finlyandiya); Luleo, Sundsvall (Shvetsiya).