BOTRIOMIKOMA

BOTRIOMIKOMA (Yunoncha botrys shingil, mykes — zamburug’, oma — o’sma), piogen granulyoma — teri yoki shilliq qavatdan shingilga o’xshab osilib turadigan o’smasimon tuzilma; xavfsiz o’sma, yumshoq, tez qonaydi, qizg’ishjigarrang. Terining shikastlanishi, tirnalishi, unga biror narsa yoki yiring paydo qiluvchi mikroblar tushishi sabab bo’ladi. Ko’proq qo’l barmoqlarida, yuz sohasida uchraydi. Jarrohlik yo’li bilan davolanadi.