BOXUM

BOXUM — GFRning shimol Reyn Vestfaliya yeridagi shahar. Aholisi 399 ming kishi (1992). Yirik transport yo’llari tuguni va Rur rayonidagi og’ir industriya markazlaridan biri. Toshko’mir, kokskimyo, metallurgiya va og’ir mashinasozlik, jumladan avtomobilsozlik («Opel»), elektrotexnika va radiotexnika, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Bir qancha yirik shaharlar, ya’ni Essen, Dortmund va boshqalar bilan birga Reynrur aglomeratsiyasini tashkil etadi. 1965 yilda universitet ochilgan.