BOYAZID JALOYIR
BOYAZID JALOYIR (713-61) Chig’atoy ulusi beklaridan, Jaloyir urug’ining begi. Xo’jand mulki Boyazid Jaloyir tasarrufida edi. Amir Qazag’on o’ldirilgandan (1358) keyingi g’alayonli yillarda Amir Temur bilan goh raqobatda, goh kelishuvda bo’lgan. 1361 yil bahorida Mo’g’uliston (Jeta) xoni Tug’luq Temur tomonidan qatl qilingan. Amir Temurning xotinlaridan biri — tuman og’oning onasi Orzumulk og’o Boyazid Jaloyirning qizi edi.