BO’YINTURUQ
BO’YINTURUQ — dehqonchilik abzali. Bo’yinturuq yo’g’onligi o’rtacha 12-20 santimetr, uzunligi 2,5—3 metr bo’lgan dumaloq yog’ochdan tayyorlanadi. Qo’sh qo’shishda ikki uchi ikki mol bo’yniga qo’yiladi. Uchlaridagi qo’sh yon cho’p (shamyon cho’p) bilan ho’kizlarning bo’yniga mahkamlanadi, omoch o’qi Bo’yinturuqning o’rta belidagi tirqishga ulanadi. Hozir deyarli ishlatilmaydi.