BOZE GAZI

BOZE GAZI — butun son spinpk zarralar yoki kvazi zarralar (bozonlar) dan tashkil topgan kvantaviy gaz. Boze — Eynshteyn statistikasiga bo’ysunadi. Boze gaziga nuklonlari soni juft bo’lgan atomlardan iborat bir atomli gazlar, foton, fonon gazlari va boshqalar kiradi. Boze gazi zarralari orasidagi o’zaro ta’sir juda kichik bo’lsa, Boze gazi ideal gaz deyiladi. Yetarli darajada past temperaturada ideal Boze gazi zarralarining bir qismi impulsi nolga teng bo’lgan holatga o’tadi (bu hodisa Boze—Eynshteyn kondensatsiyasi deb yuritiladi), qolgan qismi esa impulse Noldan farqli holatlarda bo’ladi. Mutlaq nol temperaturada impulsi nolga teng. Zichligi kamayishi va temperaturasi ortishi bilan Boze gazining kvant xususiyati yo’qola boradi.