BOZOR KONYUNKTURASI
BOZOR KONYUNKTURASI – ayrim bozorlarda muayyan holatlarning mavjudligiga, ularning holati, oqibatiga ta’sir etuvchi umumiy ahvoldir. Bozor konyunkturasi ayrim tovarlarga nisbatan ham sodir bo’lishi mumkin. Bozor konyunkturasi ehtimollari milliy, mintaqaviy va jahon bozorlariga nisbatan aniqlanadi. Uni oldindan ko’ra bilish iqtisodiy tanglikka yo’liqmaslik, bozor muvozanatini ta’minlab borish sharti hisoblanadi. U quyidagi belgilar orqali aniqlanadi: ichki va tashqi savdodagi o’zgarishlar; ishlab chiqarish va qurilish dinamikasi; tovar zaxiralari harakati; narxlar dinamikasi va boshqalar.