BOZOR SEGMENTI
BOZOR SEGMENTI – bozorning ma’lum qismini tashkil etadi va bozordagi iste’mol maqsadi bir bo’lgan xaridorlarning xatti-harakatini tavsiflaydi. Xaridorning daromadi, turar joyi, oilaviy, milliy urf-odatlari, jinsi, yoshi va boshqa xususiyatlariga qarab bozor segmentlashtiriladi. Bozorlar quyidagi asosiy turlarga – subbozor va bozor segmentlariga bo’linadi. Umuman, bozor boy va murakkab tuzilishi bilan xarakterlanadi. U turli mezonlar bo’yicha tafsivlanadi: 1. Bozor munosabatlari obyektlarining iqtisodiy ahamiyati bo’yicha iste’mol mollari va xizmatlari bozori, sanoati mollari bozori, oraliq mollar bozori, noy-xay bozori, xomashyo bozori, mehnat bozori, qimmatli qo’g’ozlar bozori, chayqov bozori, ikkilamchi xomashyo bozori va hokazo; 2. Geografik holati bo’yicha mahalliy, milliy, jahon. 3. Raqobatni cheklash darajasi bo’yicha – monopolistik, oligonolistik, monolsonik, erkin, aralash. 4. Tarmoqlar bo’yicha – avtomobil, kompyuter, neft va hokazo. 5. Sotish xususiyatiga ko’ra – ulgurji, chakana.