BOZOR UCHUN ISHLAB CHIQARISH
BOZOR UCHUN ISHLAB CHIQARISH quyidagilardan tarkib topadi: ayni bir davrda ishlab chiqariladigan va sotiladigan hamda o’z bahosi bilan ayni shu mahsulotga bo’lgan talabga katta ta’sir ko’rsatadigan tovarlar vaxizmatlar; ayni bir davrda barter usulida boshqa tovarlarga almashtirish uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar; ayni bir paytda ishlab chiqarilib, o’z xodimlariga mehnat haqi va natura shaklida beriladigan tovarlar va xizmatlar; bir korxonada ishlab chiqarilib, ayni shu korxonaga qarovchi boshqa korxonaga yetkazib beriluvchi tovarlar va xizmatlar; bu korxonada ayni shu paytda yoki kelajakda ishlatilishi mumkin tovar va xizmatlar; muayyan bir davrda ishlab chiqarilgan, shu davrga oid tugallanmagan ishlab chiqarish hisoblangan tayyor mahsulotlar; bular sotilgunga qadar yoki barter usulida almashuvga qadar, xodimlarga ish haqi evaziga berilishdan yoki kelgusida korxonalararo mol yetkazib berish rejasiga muvofiq ishlab chiqaruvchida moddiy aylanma vositalar zaxirasida qoldiriluvchi tayyor mahsulot.