BRAHMA
BRAHMA (sanskritcha), Barahma — hinduizmpya Vishnu va Shiva bilan birgalikda ilohiy uchlikni tashkil etuvchi xudolardan biri. Koinotni yaratuvchi va boshqaruvchi oliy Xudo hisoblangan. Vedanta ta’limotiga kura, dunyoda faqat Braxma mavjud bo’lib, qolgan barcha narsa va hodisalar Braxmaning soyasidir. Ko’pincha 4 qiyofada, 4 qo’lli, oqqush ustida o’tirgan shaklda tasvirlanadi.