BRAHMO SAMAJ

BRAHMO SAMAJ («Brahma jamiyati») — Hindistondagi diniy islohchilik jamiyati. 1828 yilda hind ma’rifatparvari Ray Rammoxan tomonidan tashkil etilgan. Jamiyat ilg’or kuchlarini birlashtirish, mamlakatning madaniy darajasini ko’tarish, tabaqaviy, irqiy, diniy va boshqa to’siqlarni yo’q qilish, umumiy ta’limni isloh qilish uchun kurashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan edi. Brahmo samaj rahbarlari hinduizm, Islom, xristianliyutt ilg’or tomonlarini o’zida singdirgan, «universal» tusdagi, monoteizm ruhida isloh qilingan yangi din jamiyatni qayta qurish vositasi bo’lishi mumkin, deb hisoblaganlar. 1866 yil bu jamiyat 2 guruhga bo’linib ketdi. Birinchi guruh — Adiy Samaj, ikkinchisi — butun Hindiston Brahmo samaji deb ataldi. Birinchi guruh Upanishadlar g’oyasiga tarafdorligini bildirgan bo’lsa, ikkinchi guruh xristianlik ta’sirida bo’lgan. Keyinchalik bu jamiyat mayda-mayda g’oyaviy yo’nalishlarga ajralib ketdi va 20-asrning 2-yarmiga qadar faoliyat ko’rsatdi.