BRASHOV

BRASHOV — Ruminiyaning Markaziy qismidagi shahar, Brashov judesining ma’muriy markazi. Aholisi 324 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l tuguni. Mamlakatning muhim sanoat markazi. Mashinasozlik, elektrotexnika, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yog’ochsozlik, ko’n poyabzal, kimyo, qurilish materiallari, poligrafiya sanoati korxonalari; institutlar, muzey va teatrlar bor. 15-16- asrlarda Transilvaniyaning bosh shahri bo’lgan. Shahar devori (13-17-asrlar), ratusha (13-17-asrlar), gotika cherkovlari (1385-1477) saqlangan.