BRASHPIL
BRASHPIL (gollandcha — braadspil) — kema yakorini ko’taruvchi, zanjir va sim arqonlarni yig’ib oluvchi chig’ir. Gorizontal valga o’rnatilgan ikki barabani ham bo’ladi. Kemaning tumshuq qismiga o’rnatiladi. Katta kemalarda bug’porshenli mashinalar yoki elektr dvigatellari bilan, kichik kemalarda dastaki motor yoki asosiy dvigatel bilan harakatga keltiriladi.