BRAUN (BRAUN) GERBERT CHARLZ

BRAUN (BRAUN) GERBERT CHARLZ (1912. 22.5, London) — Amerika kimyogari. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1957 yildan). Asosiy tadqiqot ishlari bor kimyosiga oid. Diboranni sintez qilishning oddiy usulini ishlab chiqqan. To’yinmagan organik birikmalarni gidroborirlash reaktsiyasini kashf etgan (1959). Trimetilbor yoki diboran hosilalarining aminga qo’shilishini tadqiq qila turib, molekuladagi sterik kuchlanishni miqdoriy usulda o’rganish nazariyasiga asos solgan. Amerika san’at va fan akademiyasi a’zosi (1966 yildan), Nobel mukofoti laureati (1979, G. Vittig bilan hamkorlikda).