BRAUN (BRAUN) KARL FERDINAND
BRAUN (BRAUN) KARL FERDINAND (1850.6.6, Fulda — 1918.20.4, Nyuyork) — nemis fizigi. Ilmiy ishlari radiotexnikaga oid. Elektr tebranishlarni tekshirish maqsadida Braun naychasi (trubkasi)ni taklif etgan, Kristallarda unipolyar o’tkazuvchanlik xossasini aniqlagan va shu asosda kristall detektorlarni yaratgan. Braun antennaning bir necha turini yasagan. Nobel mukofoti laureati (1909, G. Markoni bilan hamkorlikda).