BRAUN (BROWN) JON
BRAUN (BROWN) JON (1800.9.5 — 1859.2.12) — AQSh qoratanli qullarini ozodlikka chiqarish harakati rahbarlaridan biri. 1855-56 yillarda Kanzasdagi quldorlikka qarshi bo’lgan qo’zg’olonga rahbarlik qildi. Yashirin «Yer osti temir yo’li» tashkiloti (Janubiy Shtatlardagi qoratanli qullarni shimol shtatlarga qochirib yuborib, qulliqdan qutqazish biln shug’ullangan) faoliyatida ishtirok etgan. Braun 1859 yil butun dunyo qullarining qo’llab-quvvatlashiga ishonib qo’zg’olonga boshchilik qilgan. 18 kishilik otryadi bilan quldorlikka asoslangan Virginiya shtatidagi Xarpersferri qurolaslahaxonasini egallagan. Hukumat qo’shinlari Braun otryadiga zarba berib, og’ir yaralangan Braun zambilda sudga keltirilgan. Sud hukmi bilan Charlstonda dorga osilgan.