BRAUN (BROWN) MAYKL STYUART

BRAUN (BROWN) MAYKL STYUART (1941) — Amerika genetigi. Odam va hayvonlar organizmida lipidlarning tashilish va xolesterin almashinuvining boshqarilish mexanizmi ustida tadqiqot olib borgan. Nobel mukofoti laureati (1985; J.L. Goldstayn bilan hamkorlikda).