BRAUN (BROWNE) EDUARD GRENVILL
BRAUN (BROWNE) EDUARD GRENVILL (1862.7.2, Yuli, Glostershir — 1926.5.1, Kembrij) — ingliz sharqshunosi. Kembrij universitetida Sharq tillari va tabobat ilmini o’rgangan. Uzoq vaqt Eronda yashagan. Kembrij universitetida Arab va fors tillari professor (1888— 1925). Yaqin va O’rta Sharq, shu jumladan O’rta Osiyo xalklarining adabiyoti va madaniyatiga oid bir necha asar yozgan. U «bir yil forslar orasida» (1893), 4 jildli «Eron adabiyoti tarixi» (1902-24), «hozirgi Eron poeziyasi va matbuoti» (1914), «Arab tabobati» (1921) nomli asarlar muallifi. Braun Nizomiy Aruziy Samarqandiyning «To’rt maqola»si (1921) matnini va Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ushshuaro»si (1901) matnini nashr ettirgan.