BRAZILIYA OQIMI
BRAZILIYA OQIMI — Atlantika okeanidagi iliq oqim. Janubiy Passat oqimining Janubiy Amerika qirg’oqlari yaqinidagi tarmog’i. Sanroki burni (Janubiy Amerika) dan boshlanib, Braziliya qirg’oqlari bo’ylab 40° Janubiy kenglikkacha boradi, bu yerda Folklend sovuq oqimi va G’arbiy shamollar oqimi nomli sovuq oqim bilan to’qnashadi. Tezligi soatiga 1-2 kilometr. Temperaturasi 18-26°. Sho’rligi 35— 37,25%o va undan ortiq.