BREDIXIN FYODOR ALEKSANDROVICH
BREDIXIN FYODOR ALEKSANDROVICH (1831.26.11, Nikolayev 1904.1.5, Peterburg) — rus astronomi, Peterburg Fanlar Akademiyasi akademik (1890). Rossiya Bosh astronomik rasadxonasi (Pulkovo) direktori (1890-95). Astronomiyaning barcha bo’limlariga oid ilmiy ishlarni bajargan va kuzatuvlar olib borgan. Protuberantsspektrograf yordamida Quyosh xromosferasini tekshirdi, Quyosh dog’lari va mash’allarini suratga oldi. Bredixin kometalarini tekshirishga oid ishlari bilan mashhur. Rossiya Fanlar Akademiyasi Prezidiumi astronomiya sohasidagi yirik ishlarni taqdirlash uchun Bredixin nomidagi mukofotni ta’sis etdi (1946). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik V. P. Shcheglov Bredixin mukofoti sovrindori.