BREJNEV LEONID ILICH
BREJNEV LEONID ILICH (1906.19.12, Dneprodzerjinsk — 1982.10.11, Moskva) — KPSS MK 1 (196466) va bosh (1966-82) kotibi, sobiq Ittifoq Oliy Kengashi Prezidiumi raisi (196064, 197782). Marshal (1976). 1941-45 yillardagi urushda siyosiy ishda. 1946 yildan Ukraina KP(b) Zaporoje, Dnepropetrovsk viloyat qo’mitalarining 1-kotibi, 1950-52 yillarda Moldaviya KP(b) MK 1-kotibi. 1953 yildan armiya va harbiy-dengiz floti Bosh siyosiy boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari. 1954-56 yillarda Qozog’iston KP MK 2-kotibi, 1-kotibi. 1952— 53, 1956-60, 1963-64 yillarda KPSS MK kotibi. N. S.Xrushchyovni ishdan majburlab ketkazish tashkilotchilaridan biri (1964). Brejnev bosh kotiblik lavozimida ishlagan paytda mamlakatda turg’unlik kuchaydi, iqtisodiyotda, jamiyatning ijtimoiy va ma’naviy sohalarida salbiy jarayonlar avj oldi. Iqtisodiyotda ekstensiv omillarga zo’r berildi. Chexoslovakiyaga interventsiya amalga oshirildi (1968), Afg’onistonga qo’shinlar kiritildi (1979).