BRENNER
BRENNER — estal va Tsillertal Alp tog’lari (Sharqiy Alp tog’lari) o’rtasidagi tog’ dovoni, Avstriya bilan Italiya chegarasida. Balandligi 1371 metr. Brenner orqali Inn daryosi vodiysidan Adije daryosi vodiysiga o’tiladigan 27 tunnelli Insbruk — Bolsano temir yo’l (1867) va avtomobil yo’li qurilgan.