BRIJMEN
BRIJMEN (Bridgman) Persi Uilyame (1882.21.4, Kembrij 1961.20.8, Randolf) — amerikalik fizik va faylasuf. Yuqori bosimlar fizikasi asoschisi, yuqori (425 ming ATM gacha) bosim olish usullarini ishlab chiqdi, ko’pgina moddalarning yuqori bosimlarda qanday xossalarga ega bo’lishini tekshirdi. Falsafada operasionalen asoschilaridan biri. Nobel mukofoti laureati (1946).