BRIJTAUN
BRIJTAUN — Vest-Indiyadagi Barbados davlatining poytaxti (1966 yildan), mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisi 97,5 ming kishi (1990-yillar o’rtalari, shahar atrofi bilan). Karib dengizi bo’yidagi port. Xalqaro miqyosdagi aeroport, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari, san’at va bilim kolleji, kutubxona, muzey bor. Brijtaun orqali chetga shakarqand va rom chiqariladi. Kurort shahar. Shaharga 17 asrda asos solingan.