BRILLIANT YASHILI

BRILLIANT YASHILI — ko’kdori, asosan trifenilmetan bo’yoq moddasi, antiseptik ta’sirga ega; tibbiyot amaliyotida 0,1—2% li spirtdagi yoki suvdagi eritmasi ishlatiladi. Terini kuydirmaganligi uchun murg’ak bolalar terisi, shilliq qavatlari kasallanganda, yiringli jarayonlarda, kuyganda, shuningdek jarroxlik operatsiyasidan oldin surtiladi.