BRINELL USULI
BRINELL USULI — metallar qattiqligini aniqlash usullaridan biri. Metallning tekis sirtiga ma’lum kuch bilan asta-sekin maxsus zoldir botiriladi. Metall qancha yumshoq bo’lsa, zoldir shuncha chuqurroq botadi. Zarur kuch zoldirga moy bosimi (gidravlik bosim) yoki mexanik uzatmalar (richagli asbob) orqali elektr dvigatelidan beriladi. Zoldirga beriladigan kuchni R bilan, metall sirtiga tushgan zoldir izi yuzasini S bilan belgilab nisbati aniqlansa, metallning Brinell bo’yicha qattiqligi topiladi, ya’ni NVR kg/ mm2. Shved muhandisi Yu. A. Brinell (1849-1925) taklif qilgan (1900).