BRIOLOGIYA

BRIOLOGIYA (Yunoncha bryon — yo’sin, mox va logos — ta’limot) — botanikaning yo’sinlarni o’rganuvchi bo’limi. Briologiya so’nggi yillarda alohida fan sifatida rivoj topdi. Hozirgi vaqtda Briologiyaning briosenologiya, brioskologiya, briogeografiya, briofiziologiya kabi sohalari bor. Briologiya torf hosil bo’lishi, yo’sinlar o’sgan yerlarda astasekin tuproq hosil bo’lishi kabi xo’jalik uchun ahamiyati katta jarayonlarni o’rganadi.