BRISTOL

BRISTOL — Buyuk Britaniyaning Janubi g’arbidagi shahar, Angliyada; Eyvon daryosi Bristol qo’ltig’iga quyiladigan joy yaqinida. Aholisi 378 ming kishi (1988). Yirik port va temir yo’l tuguni. Mashinasozlik (aviatsiya, aviaraketa, motorsozlik) taraqqiy etgan. Oziqovqat, ko’n poyabzal, rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, poligrafiya sanoati korxonalari, universitet bor. Me’moriy yodgorliklardan Sentpiter gospitali (12 asr), Sentmeriredkliff gotika sobori (13-asr-1475) va boshqalar saqlangan. Shaharga 6-asrda asos solingan.