BRITANIYA OROLLARI

BRITANIYA OROLLARI — Atlantika okeani bilan shimoliy dengiz oralig’ida, Yevropaning shimoli g’arbida joylashgan. Maydoni 314,4 ming kilometr kvadrat. Materikdan Lamansh va PadeKale bo’g’ozlari ajratib turadi. Britaniya orollarining 2 ta yirik orolida Buyuk Britaniya va Irlandiya davlatlari joylashgan. Britaniya orollari bir necha mayda (Gebrid, Orkni va Shetland) orollar to’dasini, shuningdek Anglsi, men va boshqa orollarni ham o’z ichiga oladi. Ba’zan Britaniya orollari tarkibiga Normand orollarini ham kiritadilar. Yer yuzasi asosan tekis, o’rtacha balandlikdagi (Pennin va Grampian) tog’lar ham bor. Iqlimi dengiz iqlimi. Yillik havo tempetaturasi 8-14°. Yog’in 600 millimetrdan 2000 metrgacha. Daryolari to’lib oqadi, qishda muzlaydi. Ko’l va yaylovlar ko’p, kichikroq o’rmonlar bor.