BRIZ
BRIZ (Fransuzcha brise — shabada) — dengizlar, katta ko’llar, ba’zi yirik daryolar sohilida sutkada davriy o’zgarib turadigan shamollar. Briz quruqlikning suvga qaraganda kunduzi tez isib, kechasi tez sovishi natijasida, quruqlik bilan suv ustidagi havoning temperaturasi va bosimida tafovut paydo bo’lishi oqibatida vujudga keladi. Briz kunduzi suvdan quruqlikka, kechasi esa, aksincha, quruqlikdan suvga qarab esadi va qirg’oqning har ikki tomonida bir necha kilometrdan bir necha o’n kilometrgacha va bir necha yuz metr balandlikkacha masofada seziladi. Briz Oq, qora, Azov, Kaspiy dengizlari, Ladoga, Onega, Sevan ko’llari va Issiqko’l qirg’oqlarida bo’lib turadi. Tropiklarda kuchli bo’ladi.