BRIZANT SNARYAD

BRIZANT SNARYAD (Fransuzcha brisant maydalovchi) — havoda portlaydigan artilleriya snaryadi. Unga ma’lum paytda belgilangan joyda (havoda) yorilishini ta’minlaydigan maxsus portlatuvchi asbob o’rnatiladi. Brizant snaryad havoda portlab, okopda, tepa orqasida, o’rmonda joylashgan dushman qo’shinlari va jangovar texnikasiga shikast yetkazadi.