BROM

BROM (lotincha Bromum, Yunoncha bromos), Br — Mendeleev davriy sistemasining VII guruhi kimyoviy elementi, galogenlardan biri; tartib raqami 35, atom molekulasi 79,904; odatdagi sharoitda yoqimsiz hidli, qizg’ish-qo’ng’ir suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi — 7,25°, qaynash temperaturasi 59,2°. Frantsuz kimyogari A. J. Balar 1826 yilda O’rta dengiz tuz konlarining sho’r suvini o’rganayotganda Bromni kashf etgan. Tabiiy Brom ikkita barqaror izotop: 79vg (50,54%) va 81vg (49,46%) dan iborat. Bromning sun’iy yo’l bilan olingan radioaktiv izotoplaridan 80Vg diqqatga sazovor. I. V. Kurchatov shu izotop misolida yadro izomeriyasi hodisasini kashf etgan. Yer po’stidagi miqdori (og’irligi bo’yicha 1,610″%) 10151016 temperatura atrofida bo’lib, doimo xlor bilan birga uchraydi. Bromli tuzlar (NaBr, KBr, MgBr2) xlorid tuzlarida (osh tuzida Vg miqdori 0,03% gacha, kaliyli tuzlar silvin va karnallitda 0,3% gacha), dengiz suvida (0,065%), sho’r ko’llarda (0,2% gacha) bo’ladi. Suyuq Bromning zichligi 3,10 g/sm3 (20°). Suvda oz (100 gramm suvda 3,58 gramm), organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Brom qattiq, suyuq va gaz holatda 2 atomli molekuladan iborat molekula holida bo’ladi. 800° atrofida atomlarga dissotsiasiyalana boshlaydi. Dissotsiasiya yorug’lik ta’sirida ham kuzatiladi. Kimyoviy jihatdan Brom faol bo’lib, reaktsiyaga kirishish faolligi jihatidan xlor bilan yod o’rtasida turadi. Oltingugurt, selen, tellur, fosfor, margimush va surmalar bilan birikkanda ko’p issiqlik ajraladi, goho alanga hosil bo’ladi. Brom kaliy va alyuminiy bilan tez birikadi. Kislorod, azot va uglerod bilan reaktsiyaga kirishmaydi. Brom kuchli oksidlovchi. Brom suvda eriganda bromid kislota (NVg) va beqaror bo’lgan gipobromit kislota (Nvgo) hosil bo’ladi. Bromning suvdagi eritmasi brom suvi deb ataladi. Brom dengiz suvlari, ko’lmak va yer osti sho’r suvlaridan hamda kaliy sanoati chiqindilaridan olinadi. 1 m3 havoda 1 mgb.bo’lsa, kishi yo’talib, burni qonaydi, boshi og’riydi va boshqa kasalliklarga duchor bo’ladi. Kontsentratsiya yuqori bo’lsa, kishi bo’g’ilib qoladi, bronxlari yallig’lanadi, ba’zan o’limga olib boradi. Brom bromli tuzlar olishda benzinning detonatsion pishiqligini oshirishda ishlatiluvchi etil bromid hamda dibrometan sintezida qo’llaniladi. Brom birikmalari fotografiyada, bo’yoqlar sanoatida, insektisidlar olishda, o’t o’chirishda, tibbiyotda hamda kimyoviy analizlarda ishlatiladi.