BRYUGGE

BRYUGGE — Belgiya shimoli g’arbidagi shahar. G’arbiy Flandriya provintsiyasi ma’muriy markazi. Aholisi 117 ming kishi (1992). Transport yo’llari tuguni; daryo va dengiz porti, kema qatnaydigan kanallar tutashgan joyda. Metallsozlik, mashinasozlik (kemasozlik va kema ta’mirlash, tayyor qismlardan avtomobil yig’ish, televizorlar ishlab chiqarish), kimyo, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. To’r to’qiladi. Niderlandiya san’ati muzeyi, munisipal badiiy galereya, 12-17-asrlar me’moriy yodgorliklari: Onzelivevrauekerk sobori va boshqalar saqlangan. Shahar 7-asrdan ma’lum.