BRYUSSEL SHARTNOMASI

BRYUSSEL SHARTNOMASI (1948) — Buyuk Britaniya, Frantsiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg davlatlari tomonidan 50 yil muddatga tuzilgan pakt. Bryussel shartnomasi Shimoliy Atlantika pakti (NATO)ning tuzilishida tayyorgarlik bosqichi bo’ldi. Keyinchalik shartnoma qatnashchilari safiga GFR va Italiya a’zo bo’ldi (1954). Bryussel shartnomasi asosida tuzilgan yangi harbiy guruh G’arbiy Yevropa Ittifoqi deb atala boshladi.