BUDJET SO’ROVI
BUDJET SO’ROVI – budjet tasnifi bo’yicha tushumlarni shakllantirish va budjetdan mablag’ ajratish to’g’risidagi so’rov. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga: l) tegishli hududlar va davlat maqsadli fondlari budjetlari loyihalarini tayyorlash uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga, davlat maqsadli fondlarini taqsimlovchi organlarga; 2) budjetdan ajratiladigan mablag’larni olishga buyurtmalar tuzish uchun respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag’larini oluvchilarga budjet so‘rovini yuboradi.