BUDJET XARAJATLARINI AMALGA OSHIRISHNI TO’XTATISH
BUDJET XARAJATLARINI AMALGA OSHIRISHNI TO’XTATISH – (blokirovka) budjet assignovaniyalariga nisbatan budjet majburiyatlari limitini qisqartirish yoki budjet mablag’lari bilan qabul qilingan pul majburiyatlarini tasdiqlashdan voz kechish. Bunda budjet tizimi to’g’risidagi qonunga muvofiq budjet ajratmalari budjet mablag’larini bosh taqsimlovchisiga aniq shartlarni bajargandagina ajratiladi. Shuningdek, budjet mablag’larini noqonuniy ishlatish holatlari aniqlanganda, budjet xarajatlarini amalga oshirish to’xtatiladi.