BUDJETDAN MOLIYALASH
BUDJETDAN MOLIYALASH – davlat korxonasi tomonidan o‘z faoliyatini kengaytirish uchun qo’shimcha ravishda oladigan mablag’lar manbayidir. Budjetdan moliyalash tartibidagi mablag‘lar davlat korxonalariga yangi mehnat vositalarini sotib olish yoki moddiy boyliklar zaxirasi, aylanma mablag’larning o’sishi va to’ldirilishini moliyalash hamda boshqa ehtiyojlarga, bolalar va madaniy-maorif muassasalarini saqlash ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, kadrlar tayyorlash va boshqalar uchun beriladi.