BULAVIN QO’ZG’OLONI

BULAVIN QO’ZG’OLONI — don, So’l qirg’oq va Sloboda Ukrainasi va O’rta Volgabo’yida don kazagi K. A. Bulavin (taxminan 1660-1708) rahbarligida chor hukumatiga qarshi ko’tarilgan dehqonlar va kazaklar qo’zg’oloni (1707-09). Qo’zg’olonchilar Cherkassk, Tsarisin va boshqa shaharlarni qo’lga oldilar. V. V. Dolgorukiyning jazo armiyasi tomonidan ular bir necha marta mag’lubiyatga uchragach, boy kazaklar qo’zg’olondan chetlashishgan. K. A. Bulavin xoin yasovul S. Ananin tomonidan Cherkasskda o’ldirilgan (1708). O’rta va Quyi Volgada qo’zg’olon 1709 yil boshigacha davom etgan.