BULOG’OCHUN

BULOG’OCHUN — qadimgi turkiy urug’lardan biri. Bulog’ochun Rashiduddinning «Jome attavorix» va Abulg’oziy Bahodirxonning «Shajarayi turk» asarlarida uchraydi. Rashiduddin bu urug’ni burqutlarga qo’shib sanaydi. Bulog’ochun yozma nasabnomalarning ba’zilarida 92 o’zbek urugining biri sifatida qayd etilgan.