BULUT O’LCHAGICH

BULUT O’LCHAGICH — bulutning quyi va yuqori chegaralarini aniqlash uchun uchar zond yordamida atmosferaga ko’tariladigan asbob. Ishlash tamoyili bulutga kirish va undan chiqishda yoritilganlik yoki namlikka bog’liq ravishda fotoelement yoki gigroskopik qoplamaga ega o’tkazgich qarshiliklarining o’zgarishiga asoslangan. Past bulutning quyi chegarasi ko’tarilish tezligi aniq bo’lgan sharlar va projektorlar bilan, shuningdek quyi va yuqori chegarasi samolyotlar yordamida aniqlanishi mumkin.