BUMAZEYA

BUMAZEYA (italyancha bambagia — paxta) — bir tomoni, odatda, teskarisi tukli, sarja (ba’zan polotno) o’rilishli qalin ipgazlama. Tukli bo’lgani uchun mayin bo’ladi. issiqlikni yaxshi saqlaydi. Gul bosib yoki sidirg’a rangga bo’yab. oxorlab ishlab chiqariladi. Bumazeyadan issiq ich kiyimlar va ko’ylaklar tikiladi.