BUMERANG

BUMERANG (inglizcha boomerang) — qadimgi otish quroli. Bukilgan yog’ochdan yasalgan, ko’pincha o’roqsimon shaklda bo’ladi. Bumerang otilganda, aylanib, yana otuvchining o’ziga qaytib keladi. Avstraliya, Janubiy Sharqiy Osiyo, Janubiy Hindiston, Qadimgi Misr va Meksikada tarqalgan.