BUMIN

BUMIN (Xitoy tarixiy manbalarida «Tumin») (? – 553.7.3) — Turk xoqonligi asoschisi va uning birinchi hukmdori (552-553). Jujan xonligita tobe ashshshurug’i (ma’dan qazish, temir eritish va undan qurol-yarog’lar yasash bilan shug’ullangan) ning sardori. Bumin 550 yil Xon Anaxuan (520-552) bilan ixtiloflashish maqsadida ataylab uning qizini o’ziga xotinlikka so’ratadi. Shunda Anaxuan darg’azab bo’lib: «Sen mening bir temir erituvchim bo’la turib, bunga qanday jur’at etding!»— deb javob qiladi. Bumin xonning mazkur javobini keltirgan kishini qatl qilib, tezlikda G’arbiy Vey imperiyasi hukmdori Vendi bilan yashirincha harbiy ittifoq tuzadida, uning qizi Chanlega uylanadi (551). So’ng, Bumin 552 yil qishida to’satdan jujanlarga hujum qilib, ularni tor-mor keltiradi. Anaxuan mag’lubiyat alamiga chidolmay o’zini o’zi o’ldiradi, uning o’g’li — taxt vorisi Yanluchen esa jujanlar ittifoqchisi bo’lmish Tsi imperatori huzuriga qochadi. Shunday qilib, Bumin «Elxon» unvoni bilan ilk Turk xoqonligi taxtiga o’tiradi. Ad.: Bichurin N. Ya., Sobranie svedeniy o narodax, obitavshix v Sredney Azii v Drevnie vremena, M. L., 1950; Gumilev L. N., Drevnie tyurki, M., 1967.